Tadbirlar


Akademik litseyda “Qizlarjon” to‘garagida o‘tkazilgan “Siz ham bu asarni o‘qiganmisiz” mavzusida davra suhbati.


    2018 yil 16-oktabr kuni akademik litseyning “Qizlarjon” to‘garagida “Siz ham bu asarni o‘qiganmisiz?” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Mavzu bo‘yicha o‘quvchi-qizlar oldindan tayorlanib kelishgan va o‘zaro suhbat qilishdi.

    Sharqda qadimdan bebaho bo‘lmish ilmu ma’rifat, ta’lim va tarbiya inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi hisoblangan. Xalqimizning ertangi qanday bo‘lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishga bog‘liq.

    O‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlikni, kitobni saralab o‘qish madaniyatini targ‘ib qilish,ayniqsa qizlarni kitobga bo‘lgan muhabbatini kuchaytirish,badiiy jihatdan yuksak asarlarni o‘qishni targ‘ib etish orqali “ommaviy madaniyat” hamda internet xurujlaridan yoshlarni asrab qolish,ularga shaxsiy kutubxona tashkil g‘oyasini singdirildi.Oilada kitobga bo‘lgan mehrni tarbiyalash, kitoblar to‘plamini qizlar sarposidan muntazam o‘rin topishini urf-odatga,hayot tarziga aylantirish qizlarning ongiga singdirildi. Davra suhbati qizg‘in savol-javoblar ostida o‘tdi.



“O‘quvchi–qizlarning akademik litseyda joriy etilgan o‘quvchi formasida kelishlarini ta’minlash va bu borada nazoratni kuchaytirish” mavzusidagi suhbat


    2018 yil 18-sentabr kuni akademik litsey Xotin-qizlar kengashi raisi V.Ismailova “O‘quvchi –qizlarning akademik litseyda joriy etilgan o‘quvchi formasida kelishlarini ta’minlash bu borada nazoratni kuchaytirish” mavzusidagi suhbat olib bordi. Akademik litsey o‘quvchi qizlari bilan ularni litseyda joriy etilgan o‘quvchi formasida kelishlari, intizomi, sumkalarida ortiqcha (pardoz-andoz anjomlari) keraksiz narsalar olib yurmasligi, tanaffusda odob saqlab yurishlari, odob-ahloq qoidalariga rioya qilishlari F.Matkarimova tomonidan aytib o‘tildi.
    Suhbat davomida akademik litsey MMIBDO‘ F.Matkarimova so‘zga chiqib, o‘quvchilarning kiyinish odobiga qat’iy va akademik litsey nizomi qoidalariga rioya qilgan holda kelishlarini alohida ta’kidlab o‘tdi hamda qizlar o‘rtasida o‘zaro hurmat, muomala madaniyati to‘g‘risida fikrlarini bildirib o‘tdi.




     “Giyohvandlik va odam savdosiga qarshi kurash”, “Muomala va kiyinish madaniyati” мavzusida davra suhbati

2018-yil 12-aprel kuni akademik litseyning faollar zalida “Giyohvandlik va odam savdosiga qarshi kurash”, “Muomala va kiyinish madaniyati” mavzusida qizlari bilan davra suhbati o`tkazildi. Davra suhbatida Yakkasaroy tuman bosh otinoyisi S.Komilova davr muammosiga aylanib qolgan giyohvandlik hamda odam savdosi haqida gapirib o`tdi. Xadisdan sog`liqni asrash, yengil pul topish uchun sabrdan vos kechish to`g`risidagi namunalarni keltirib o`tdi. Hozirgi kunda yoshlarimiz orasidagi arzimas sabablar tufayli bir- birini dilini og`ritish, millatimizga xos bo`lmagan kiyimlarni kiyish urfga aylanib qolganligi o`zbekchilikka hamda dinimizga to`g`ri kelmasligi uqtirildi. Qizlarni ibo-hayosi, muomala madaniyatiga alohida to`xtab o`tildi. “To`qimachi” MFY maslahatchisi V.Mirakbarova ham bu haqida o`z fikrlarini bildirib o`tdi. Davra suhbati orqali qizlar o`zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.



    “OITS, OIV hamda sil kasalligi singari yuqumli kasalliklarning oldini olish” мavzusida davra suhbati
2018-yil 30-mart kuni 59-oilaviy poliklinika umumiy amaliyot shifokori M.Xolmirzayeva tomonidan“OITS,OIV hamda sil kasalligi kabi yuqumli kasalliklarning oldini olish ” mavzusida davra suhbati taqdimot sifatida namoyish etildi. OIV-bu odam immuniteti va tanqisligi virusi ekanligi, uni yuqtirgan odamning holati haqida ma`lumot berildi. OITS orttirilgan ummunitet tanqisligi sindiromi kasalligi yuqumli kasallik ekanligi, uni yuqtirish yo`llari haqida ma`lumotlar berildi. Sil kasalligining kelib chiqish sabablari va uning oqibatlari haqida o`quvchilarga ma`lumot berib o`tildi. Kasallikka chalingan bemorlarning dori vositalardan to`g`ri foydalanishlari haqida ham ma`lumot berildi. Suhbat davomida o`qvchilar tomonidan berilgan savollarga yetarli darajada javob berib borildi. Davra suhbati orqali o`quvchilar o`zlarini qiziqtirgan ma`lumotlarga ega bo`ldilar.



    “Оrаstа qizlаr” to’gаrаgidа “Tibbiy ko’riklаr kеrаkmi?, ulаrning аhаmiyatini bilаsizmi?” mаvzusidа dаvrа suhbаti o’tkаzildi.
    2017 yil 30-martda akаdеmik litsеyning “Оrаstа qizlаr” to’gаrаgidа “ Tibbiy ko’riklаr kеrаkmi?, ulаrning аhаmiyatini bilаsizmi?” mаvzusidа dаvrа suhbаti o’tkаzildi. Dаvrа suhbаtidа qizlаrning shахsiy gigiyenаsi vа o’z sаlоmаtligini, hаmdа оilаsining sаlоmаtligigа bo’lgаn mаs`uliyat hissini оshirish, kаsаlliklаrning оldini оlish vа аniqlаngаn kаsаlliklаrni o’z vаqtidа dаvоlаsh chоrаlаrini ko’rish yuzаsidаn mаslаhаtlаr bеrildi. Dаvrа suhbаtidа 59-pоliklinikа shifokori А.Egаmbеrdiyеvа o’quvchi- qizlаrning tibbiy vа huquqiy sаvоdхоnligini оshirish mаqsаdidа lоzim bo’lgаn tushuntirish ishlаrini оlib bоrdi.



    “Оrаstа qizlаr” to‘gаrаgidа “Zаrаrli оdаtlаr: kаshаndаlik, ichkilikbоzlik vа giyohvаndlik - insоn sаlоmаtligi kushаndаsi” mаvzusidа dаvrа suhbаti o‘tkаzildi.
    2017 yil 23-yanvаridа “Оrаstа qizlаr” to‘gаrаgidа “Zаrаrli оdаtlаr: kаshаndаlik, ichkilikbоzlik vа giyohvаndlik - insоn sаlоmаtligi kushаndаsi” mаvzusidа dаvrа suhbаti o‘tkаzildi. O‘quvchi-qizlаr ichkilik, chеkish, giyohvаndlikning insоn sаlоmаtligi uchun sаlbiy tа`siri, giyohvаndlik оqibаtidа nоgirоn vа mаyib-mаjruh fаrzаndlаr tug‘ilishi to‘g‘risidа оldindаn mа`lumоtlаr to‘plаb tаqdimоt qilishdi.



    Akademik litsey o'quvchi-qizlari bilan "O'quvchi-qizlar o'rtasida erta nikohning oldini olish, ularni oilaviy hayotga tayyorlash, ajrimlarning oldini olish,oilada tibbiy madaniyatning oshirish" to'g'risida suhbat o'tkazildi.
    Suhbatda Yakkasaroy tumani tibbiyot birlashmasi shifokori K.Musayeva, Toshkent shahar 1-sonli Nikoh uyi mudirasi M.B.Sadritdinova,Yakkasaroy tumani "To'qimachi" mahalla maslahatchisi V.Mirakbarova ishtirok etdilar. Birinchi bo'lib so'zga M.B.Sadritdinova chiqib o'quvchi-qizlarga yoshlar orasida ijtimoiy-ma`naviy muhitni barqarorligini ta'minlash borasidagi normativ-xuquqiy hujjatlarning mazmun mohiyati,ahamiyati va amal qilish doirasi yuzasidan umumiy tushuntirish berib o'tdi.Shuningdek qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash, qizlarni qaynona-qaynota bilan munosabat to'g'risida,hamda sohlom onadan sog'lom bola tug'ilishi,bu esa sog'lom jamiyat rivojlanishi degani ekanligi haqida so'z olib bordilar.
    K.Musayeva oilada tibbiy madaniyatni oshirish sog'lom farzandlar kafolati ekanligi, erta turmush va uning salbiy oqibatlari,Qonuniy nikohsiz qurilgan nikohlarni oldini olish , sha'riy nikohning hech qanday qonuniy kuchi yo'qligi haqida tushuntirib o'tdi.
    V.Mirakbarova hozirgi kunda eng dolzarb muammolardan biri yosh oilalarning ajralib ketishi, ajrim yoqasiga olib kelayotgan sabablar, qaynona-kelin munosabatlari, oiladagi milliy madaniyat va tibbiy madaniyat tushunchalari haqida so'zladilar.