Ona tili va adabiyoti kafedrasi


Eshpo'latova Saodat Maxmatovna
"Ona tili va adabiyoti" kafedrasi mudirasi
Ona tili va adabiyoti fani o'qituvchisi








Kafedra haqida ma'lumot

   "Ona tili va adabiyot" fanlari kafedrasida jami 14 nafar o'qituvchi faoliyat ko'rsatmoqda. Kafedrada faoliyat yuritayotgan o'qituvchilardan bosh o'qituvchi 2 ta, yetakchi o'qituvchi 2 ta, katta o'qituvchi 4 ta, qolganlari oliy ma'lumotli o'qituvchilar. Barcha o'qituvchilar dars jarayonida turli xil ko'rgazmali qurollar, tarqatma materiallardan foydalanib dars o'tadilar. Hozirgi kunda kafedrada "Yosh qalamkashlar", "Ilm ziyosi", "Ona tili va adabiyoti", "Adabiyot", "Yosh sportchi", "Shunqorlar" kabi to'garaklar faoliyat olib bormoqda. Mustaqillik kuni, Ustoz va murabbiylar kuni, O'zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun, buyuk bobokalonlarimiz Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludlari va boshqa tadbirlarni kafedra o'qituvchilari o'quvchilar bilan birgalikda uyushqoqlik bilan olib borishadi. Bundan tashqari, ijodkorlar bilan uchrashuvlar, ijodkor o'quvchilar bilan she'rxonlik kechalari, insholar tanlovi o'tkazib turiladi. "Ona tili va adabiyoti" kafedrasiga tegishli bo'lgan fanlar:
  • Hozirgi o'zbek adabiy tili
  • Adabiyot
  • Xalq og'zaki ijodi
  • Adabiyot qoidalari
  • Davlat tilida ish yuritish va nutq madaniyati
  • O'zbek tili
  • Estetika
  • Oila psixologiyasi
  • Jismoniy tarbiya
  • Yoshlarni chaqiriqqa qadar boshlang'ich tayyorlash