Tadbirlar


    2018 yil 7-dekabr sanasida 103-guruh rahbari D.E.Aliqulova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26 yilligiga bag‘ishlab “Qomusimiz – baxtimiz” mavzusida
OCHIQ MA'NAVIYAT SOATI


    2018 yil 7-dekabr sanasida 103-guruh rahbari D.E.Aliqulova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26 yilligiga bag‘ishlab “Qomusimiz – baxtimiz” mavzusida ochiq ma’naviyat soati o‘tkazildi. Tadbirda o‘quvchilar tomonidan Konstitutsiya ilmini puxta o‘rganishga, qonunlarga hurmat bilan qarashga, insoniy huquq va burchlarini to‘g‘ri anglashga, umummilliy qadriyatlarni qadrlashga, himoya qilishga oid fikrlar bildirildi, o‘z vatanidan faxrlanish tuyg‘usini shakllantirishni badiiy kompozitsiyalar asosida uyg‘unlashtirishdi. Ma’naviyat soati Vatanni madh etuvchi she’rlar, taqdimotlar, qo‘shiqlar va videoroliklar asosida qiziqarli va mazmunli tashkil etilib, ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.




   Оliyjаnоblik dеb аtаlmish insоniy tuyg‘uni yosh аvlоddа shаkllаntirish muvаffаqiyatlаrgа оlib kеlishigа kаttа e`tibоr qаrаtilmоqdа. Shungа binоаn, Toshkеnt shаhridаgi bаrchа tа`lim muаssаsаlаridа, jumlаdаn, O‘zbеkistоn dаvlаt jаhоn tillаri univеrsitеti qоshidаgi 3-sоn аkаdеmik litsеyidа hаm o‘quvchilаrdа оliyjаnоblik fаzilаtlаrining mаzmuni, mоhiyati, mеhr-muruvvаt, o‘zаrо hurmаt, hаmjihаtlik, bаg’rikеnglik kаbi ахlоqiy qаdriyatlаrni yoshlаr оngigа singdirishgа qаrаtilgаn “Оliyjаnоb insоn fаzilаtlаri”, “Kаchеstvа blаgоrоdnоgо chеlоvеkа” nоmli o‘quv kurslаri hаmdа “Oliyjаnоblik nimа?”, “Chtо tаkое blаgоrоdstvо?” mаvzusidа inshоlаr tаnlоvi o‘tkаzilishi tаshkil etilmоqdа.
   Bundаn tаshqаri, dаrs mаshg‘ulоtlаridаn kеyin o‘quvchilаrdа ezgu fаzilаtlаrdаn biri bo‘lmish оliyjаnоblikni tаrg‘ib qilish, o‘quvchilаrdа kitоbgа bo‘lgаn qiziqishlаrni yanаdа оshirish mаqsаdidа guruh rаhbаrlаri vа o‘quvchilаr tоmоnidаn shаhrimizdаgi “Kitоblаr оlаmi” vа “Shаrq ziyokоri” kаbi bir qаtоr kitоb do‘kоnlаrigа sаyohаtlаr uyushtirildi.



   2016 yil 20-oktabrda akademik litseyi faollar zalida Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi o'qituvchisi t.f.n D.P.Kamolov, tarix fani o'qituvchisi B.Z.Djo'rayeva hamda III bosqich o'quvchilari ishtirokida O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2016 yil 7-oktabrdagi "O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko'rish davrida saylovchilar huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish bo'yicha o'tkaziladigan tadbirlar dasturi" asosida tadbir o'tkazildi.
   Tadbirni Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi tarix va huquq fani o'qituvchisi t.f.n D.P. Kamolov ochib berdi. U o'z nutqida "O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to'g'risida" gi qonunning mazmun-mohiyatini yoritib berdi. Shuningdek, O'zbekiston Pespublikasi Konstitutsiyasining saylov tizimi, saylanish yoshi, Markaziy saylov komissiyasi, saylov okruk va uchastkalarining tashkil etilishi va faoliyat yuritilish tartibi haqida tushunchalar berib o'tdi. Tarix fani o'qituvchisi B.Z.Djo'rayeva aktiv va passiv saylov huquqi, O'zbekiston Pespublikasi saylov qonunchiligi, birinchi marotaba saylovda ishtirok etayotgan saylovchilarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish borasidagi o'z fikr-mulohazalarini bayon etdi. Tadbir so'ngida qatnashchilar o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat etdilar.



   2016 yil 11-oktabrda akademik litsey faollar zalida MMIBDO' M.J. Mutalibova, psixolog S.Sadiyeva, xotin-qizlar kengashi raisi F. Matkarimova, guruh rahbarlar 102 nafar 1-bosqich o'quvchi qizlari bilan birgalikda tadbir o'tkazildi. M.Mutalibova o'quvchi-qizlar bilan ularning kiyinish madaniyati, tartib-intizomi, muomala odobi masalalari bo'yicha suhbatlashib, sog'lom turmush tarziga rioya qilish, gigiyena qoidalari, erta turmush qurishning oqibatlari, diniy ektrimizm va odam savdosi bilan bog'liq jinoyatlar haqida gapirdi. Xotin-qizlar qo'mitasi raisi F.Matkarimova ham o'z fikr-mulohazalarini bildirdi.




   O'zDJTU qoshidagi 3-son akademik litseyida MMIBDO' M.Mutalibova, psixolog S.Sadiyeva, ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi o'qituvchilari B.Djo'rayeva, O'.Qurbonov, guruh rahbarlari 1-bosqich o'quvchilari bilan birgalikda "Diniy ekstremizm va odam savdosi muammolari" mavzusida tadbir o'tkazishdi.
Tadbirda o'quvchilarga ogoh va xushyor bo'lish, diniy ekstremistik g'oyalar ta'siriga tushib qolmaslik uchun internet tarmog'idan to'g'ri foydalanish, dunyoda sodir bo'layotgan voqea va hodisalar, chet ellarga chiqib ketib aldanib qolgan va odam savdosi domiga tushib qolgan vatandoshlarimizning ayanchli taqdirlari haqida to'laqonli ma'lumotlar berildi. Tadbir ishtirokchilariga "Odam savdosi - davr muammosi", "XXI asr fitnasi" deb nomlangan hujjatli filmlar namoyish etildi. O'quvchilarda yurtimizdagi bunyodkorlik va amalga oshirilayotgan islohotlar, tinch va osuda hayotning qadriga yetish, shukronalik hissi bilan yashab vatan ravnaqiga o'z hissasini qo'shish kabi tuyg'ularni shakllantirish maqsadida fikr-mulohazalar bildirildi. Tadbir o'quvchilarda katta taassurot qoldirdi.