"Informatika" kafedrasi


Aliqulova Dilbar Esanovna
"Informatika" kafedrasi mudirasi
Informatika va axborot texnologiyalari fani o'qituvchisi










Kafedra haqida ma'lumot

   "Informatika" kafedrasida 5 nafar pedagog faoliyat olib bormoqda. Ulardan 1 nafar bosh o'qituvchi, 1 nafar yetakchi o'qituvchi,3 nafar katta o'qituvchilar faoliyat olib borishadi. O'qituvchilardan N. M.Qilichov "Dasturlash asoslari", "Adobe Photoshop dasturi" o'quv-uslubiy qo'llanmalari va "Macromedia Flash", "Delphi dasturlash tili" elektron darsliklari, D.E.Aliqulova "Ma'naviyat soatlari uchun qo'llanma", "Kompyuter grafikasi", "Kompyuter savodxonligi" elektron darsliklarini ishlab chiqishgan.
   2016 yil aprel oyida Nizomiy nomli TDPUda o'tkazilgan Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida D.E.Aliqulova "Pedagogik dasturiy vositalarni ta'lim jarayonida qo'llash" maqolasi bilan ishtirok etdi.
   2017 yil yanvar oyida TDIUda o'tkazilgan Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida D.E.Aliqulova “Ta’lim jarayonida media-ta’limni rivojlantirish – o‘quv samaradorligi muhim omili” maqolasi bilan qatnashib, setifikatga ega bo'ldi.
   2017 yil may oyida Nizomiy nomli TDPUda o'tkazilgan Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida D.E.Aliqulova “iSpring dasturi yordamida elektron testlarni yaratish usullari” maqolasi bilan ishtirok etdi.
   2018 yil mart oyida “Qishloq hayoti” gazetasida D.E.Aliqulovaning “Gar yaxshi amal kishiga odat bo‘lg‘ay..” maqolasi chop etildi.
   2018 yil iyun oyida Nizomiy nomli TDPUda o'tkazilgan Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida D.E.Aliqulova “Globallashuv sharoitida yoshlarning sog‘lom dunyoqarashini shakllantirish – ma’naviy tahdidlarga qarshi kurashish omili” maqolasi bilan ishtirok etdi.
   Kafedrada
  • "Kompyuter savodxonligi"
  • "Kompyuter girafikasi"
  • "Yosh dasturchi"
    to'garaklari faoliyat yuritadi.