Yuklanishlar soni: 13252

2020-YIL – «ILM-MA’RIFAT VA RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH YILI».




DIQQAT, DIQQAT!!!

Respublika maxsus komissiyasini koronavirus infeksiyasining tarqalishini oldini olish bo'yicha chiqarilgan qaroriga asosan 2020-yil 10-iyuldan 1-avgustgacha karantin qoidalari kuchaytirilganligi munosabati bilan A.Navoiy nomidagi ToshDO'TAU akademik litseyida SARALASH IMTIHONLARI noma'lum muddatga qoldirildi.
Saralash imtihonlari bo'yicha aniq muddatlar akademik litsey ma'muriyati tomonidan @TSUULL_litsey_bot telegram bot manzili orqali e'lon qilinadi.




Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti akademik litseyi 2020/2021 o‘quv yili uchun o‘qishga taklif qiladi.

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti akademik litseyi 2020/2021 o‘quv yili uchun akademik litseyga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha 9-sinf bitiruvchilarini o‘qishga taklif qiladi:
Ijtimoiy - gumanitar fanlar -1 (filologiya: оna tili va adabiyoti);
Ijtimoiy - gumanitar fanlar -1 (filologiya: rus tili va adabiyoti);
Xorijiy filologiya: (ingliz tili, xitoy tili);
Aniq fanlar - 3: (rasm-chizmachilik, dizayn);
Aniq fanlar - 3: (informatika, kompyuter grafikasi) yo'nalishlari.
Hujjatlar 10-iyundan 30-iyunga qadar masofadan (onlayn) qabul qilinadi.
Batafsil: Telegramda @TSUULL_litsey_bot orqali ma'lumot olishingiz mumkin.


2020-2021 o‘quv yili uchun OTMlarda o‘tkaziladigan test sinovlari haqida.

Joriy yilda istisno ravishda 3 ta majburiy fanlardan (ona tili, O‘zbekiston tarixi va matematika) test bo‘lmaydi. Test sinovlari abituriyent tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos 2 ta fandan o‘tkaziladi. Test topshiriqlari soni har bir fan bo‘yicha 30 tadan, jami 60 tani tashkil etadi.
Ballar quyidagicha belgilanadi:
• Birinchi fan - 30 ta savol, har bir to‘g‘ri javobga 3.2 ball beriladi, jami 96 ball to‘plash mumkin.
• Ikkinchi fan - 30 ta savol, har bir to‘g‘ri javobga 3.1 ball beriladi, jami 93 ball beriladi.
• Yig‘ish mumkin bo‘lgan maksimal ball - 189 ball.
Test savollarini ishlash va javoblarni belgilash uchun jami 3 soat vaqt beriladi.
Abiturientlardan hujjatlarni qabul qilish 15 iyundan 15 iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi:
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali;
Davlat test markazining rasmiy veb-sayti;
Davlat xizmatlari markazlari orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Bunda abiturientlarga uydan chiqmagan holda mobil telefon (kompyuter) yordamida onlayn ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati yaratiladi.
Test sinovlari karantin qoidalariga qat’iy rioya etilgan holda 3 smenada bo‘ladi.
Kirish imtihonlari (test) 25 iyuldan 20 avgustgacha o‘tkaziladi. Imtihon jarayoni onlayn ravishda internet va TV orqali jonli efirga uzatiladi.



Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida xorijlik talabalardan hujjatlar qabuli boshlandi.

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida O‘zbek tili fakultetiga 2020-2021-o‘quv yili uchun “O‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili” ("Uzbek as a foreign language") bakalavriat ta'lim yo‘nalishiga xorijlik talabalarni qabul qilish boshlandi. Qabul jarayonlari onlayn suhbat asosida amalga oshiriladi. Shuningdek, xorijlik talabalar uchun universitet TTJsidan joy beriladi. Qabul 2020 yil 20 maydan 20 avgustga qadar davom etadi.




BITIRUVCHILARGA TILAKLAR.

Aziz bitiruvchilar! Har bir narsani aniq va ehtiyotkorlik bilan o'ylashga harakat qiling, boshqalarning xohish-istaklariga va xayolotlarga ergashmang, o'zingizga va maqsadlaringizga ishoning, asosiysi, ularni belgilab qo'ying va ularga erishiladi! Yorqin kelajakka ishoning!
Bugun barchangizni chin qalbimizdan tabriklaymiz. Ko'p yillar davomida ushbu muhim kunga olib borgan o'qituvchilar, har qanday harakat va intilishlarni qo'llab-quvvatlagan ota-onalar, endi sizga katta hurmat bilan qaraydigan talabalar! Biz aytib o'tgan narsalarga erishishni, tanlangan yo'llardan osonlikcha o'tishni va hayotdagi birinchi jiddiy imtihonni muvaffaqiyatli ishlatishni - FOYDALANISHni xohlaymiz. Biz ishonamizki, hayotingizda hamma narsa muvaffaqiyatli bo'ladi!
Aziz bitiruvchilar! O'qigan, ta’lim va tarbiya olgan maskaningiz sizni unutmaydi. Bu dunyoda hech narsa doimiy emas. Sizni yangi yutuqlar va yangi muvaffaqiyatlar kutmoqda. Sizlarga OMAD tilaymiz, bitiruvchilar!
So'nggi qo'ng'iroq chalganda, odatda maktabda o'qib yurgan eng yaxshi narsalar esga olinadi.
Iyun - bu nafaqat bilim, balki chidamlilik, tezkorlik va mas'uliyatlilik imtihonlari va sinovlari oyidir.
Iyul - birinchi mustaqil qarorlarni qabul qilish oyidir.
Avgust - baxtli ochilishlar oyidir.
Sizga, bitiruvchilarga nafaqat o'zlarining ezgu istaklarini amalga oshirishga vaqt ajratishingizni, balki sizning yulduzingizni ushlab, uni qo'lingizda ushlab turishingizni tilaymiz!
Esingizda bo'lsin: bu hayajonli lahza butun hayotingiz sizning qo'lingizda bo'lganida keladi. Yoshlikdagi yulduzlarning yaxshi nuri uni yoritib bersin!
Bugun litsey siz bilan xayrlashadi. Siz uchun xayrlashish yangi hayot bosqichi, o'zgarish yoqasida va mas'uliyatli tanlov bo'ladi. Yosh taqdiringizdagi eng birinchi mustaqil tanlov.
Ammo sizning oldingizda hali erishilmagan yutuqlar, zabt etilmagan cho'qqilar, yangi kashfiyotlar turibdi. Ana shu yuksaklik sari olg'a harakat qilishingiz kerak. Hammasi yaxshi bo'lsin!


1-IYUN - XALQARO BOLALARNI HIMOYA QILISH KUNI.


Farzand
Nega sevmay, erkalab, o’pmay,
Nechun demay uni hayotim?
Nega demay ko’zimning nuri,
So’zlaganda qandim, novvotim?
U bor yerda qayg’u va hasrat
Hayotingga begona ekan.
Qani ayting, farzanddan qimmat
Bu dunyoda nima bor ekan?

Darhaqiqat, bugun jondan aziz bolajonlari-mizning bayrami. Bugun kelajagimiz egalari bo’lgan dilbandlarimiz bayrami. Farzandlarimiz baxtiga yurtimiz tinch bo’lsin, sog’-salomat yuraylik. Farzandlar baxti, iqbolini ko’rib har bir ota-onaning boshlari ko’kka yetsin. Dunyodagi barcha bolalar baxtiyor bo’lsin. Dunyoni topshiraylik bolalarga, hech bo’lmasa bir kunga, azizlar! Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni butun dunyo bolalari uchun eng beg’ubor va quvonchli bayram hisoblanadi. Albatta, bola bu dunyo, bu hayot mazmunining ajralmas qismidir. Bolalar o’z tabassumlari orqali insonlar qalbida hayotga, yashashga bo’lgan qiziqishni uyg’otadilar. Ko’zlarida ezgulik va mehr qalqib turgan bolajon musaffo osmonda erkin parvoz etayotgan qaldirg’och misoli. 1-iyun ya’ni, yozning 1- kuni dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida kelajagimiz egalari uchun turli konsertlar, ko’rgazmalar, sayillar, sport musobaqalari va turli xil tadbirlar o’tkaziladi. Istirohat bog’lari esa bolalarning tabassumlari bilan go’yoki mo’jizalar dunyosiga aylanadi. Mamlakatimizda ham ushbu bayram har yili dillarda quvonch ila nishonlanadi. Darhaqiqat, dunyoda bolajonlar kulgusi-yu, sho`x- shodon qiyqirig’idan-da beg’ubor narsaning o’zi yo’q. Tiniq nigohini sizga qadagancha biyron tilida tinmay savol berayotgan murg’ak qalbi bilan olamdagi jamiki ajoyibotlarni o’rganishga, mushohada qilishga urinayotgan bolakayning nurli chehrasiga boqqan har qanday inson hayot tashvishlarini unutadi. Zotan, farzandining saodatli va baxtiyor damlarini mudom ko’rib yashash har bir inson umrining asosiy mazmunidir.



2019-2020 o'quv yili 2-bosqich bitiruvchilari uchun YaDA savollar namunalari.
Akademik litseyda 2019-2020 o'quv yili 2-bosqich bitiruvchilari uchun YaDA savollar namunalari:
ONA TILI VA ADABIYOT FANIDAN
INGLIZ TILI FANIDAN
O'ZBEKISTON TARIXI FANIDAN
JAHON TARIXI FANIDAN
РУС ТИЛИ ВА АДАБИЁТИ
ARAB TILI FANIDAN



“Mening muammoyim” mavzusida ijtimoiy-psixologik tadbir bo‘lib o‘tdi.
Akademik litsey o‘quvchilarda turli xil muammolarga tez taslim bo‘lishni oldini olish ularda muammolarga nisbatan sog‘lom imunitet hosil qilish maqsadida psixolog Moxigul Ashirmatova va yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilot yetakchisi Shahnoza Abdurahmonova tomonidan “Mening muammoyim” mavzusida ijtimoiy-psixologik tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda akademik litseyning barcha o‘quvchilari faol ishtirok etishdi.







8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Balli qizlar” bellashuvi bo‘lib o‘tdi.
Akademik litseyimizda 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan 1-bosqich qizlari o'rtasida “Balli qizlar” bellashuvi bo'lib o'tdi. Tadbirni akademik litsey direktori B.Adizov ochib berib, barcha ustozlar, o'quvchi-qizlar, ayol xodimlarni bayram bilan tabrikladilar va faxriy yorliqlar bilan taqdirladilar. Bellashuvda qizlarimiz tanishtiruv, soch turmaklash, bahoriy salat tayyorlash, xamir yoyish, sovg'a bezatish, savol-javob shartlari asosida qatnashdilar.







O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiya Isroilova tavalludining 105 yilligiga bag‘ishlab “Men o‘tgan umrimga achinmayman hech...” nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.
Akademik litseyimiz faollar zalida o'zbek xalqining sevimli shoirasi, taniqli jamoat arbobi, O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiya Isroilova(1915-1996) tavalludining 105 yilligiga bag'ishlab "Men o'tgan umrimga achinmayman hech..." nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi. Tadbir ona tili va adabiyoti fani o'qituvchisi M.Umirova tomonidan 105-guruh o'quvchilari ishtirokida tashkil etildi. Ushbu guruh o'quvchilari tomonidan Zulfiyaxonim ijodidan she'rlar o'qildi, hayoti sahna ko'rinishlari orqali yoritib berildi, kuy-qo'shiqlar, raqzlar ijro etildi. Tadbirda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori, 201-guruh o'quvchisi Muxtasar Karimova o'zbek xalqining suyukli shoirasi Zulfiyaxonim xotiralaridan so'zlab berdi, she'rlarini yod oldi va o'z qalamiga mansub she'rni aytib berib, samimiy dil-istaklarini izhor qildi.


Zahiriddin Muhammad Boburning 537 yilligiga bag'ishlab "Ajdodlar merosi bebaho xazina" deb nomlangan tadbir o'tkazildi.
Akademik litseyimiz faollar zalida shoh va shoir, davlat arbobi hamda buyuk sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga 537 yil to‘lganligi munosabati bilan akademik litseyimizda tadbir tashkil etildi. Bobur hayoti va ijodi, o‘lmas asarlari, boburiylarning Hindiston taraqqiyotidagi o‘rni va roli nihoyatda katta ekanligi e’tirof etildi.






Alisher Navoiy tavallud kunining 579 yilligi munosabati bilan "Navoiyni yod etib..." nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.
Akademik litseyimiz faollar zalida buyuk mutafakkur Alisher Navoiy tavallud kunining 579 yilligi munosabati bilan "Navoiyni yod etib..." nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi. Tadbirda akademik litsey direktori B.Adizov, O'zbekiston davlat madaniyat va san'at instituti o'qituvchisi I.Sodiqov va shu institut talabalari ishtirok etishdi. Tadbirda litsey direktori so'zga chiqib, buyuk bobokalonimiz g'azal mulkining sultoni Alisher Navoiyning hayot yo'li, xalq turmush darajasini oshirishga, turkiy til mavqiyeni rivojlantirishga qo'shgan hissasi to'g'risida gapirdi. Tadbirni ona tili va adabiyoti fani o'qituvchisi N.Keldiyeva tashkillashtirib, 202- va 102 - guruh o'quvchilari tomonidan shoirning davlat va xalq manfaatini himoya qilish borasida amalga oshirgan ishlariga oid sahna ko'rinishlari, ijodkor qalamiga mansub g'azal va ruboiylar qiziqarli tarzda talqin etildi. Institut talabalari tomonidan Navoiy g'azallari asosida jonli tarzda qo'shiqlar ijro etildi.


Akademik litseyimizda "O'zbegim o'g'lonlari" bellashuv tadbiri tashkil etildi.
Joriy yilning 14 yanvar sanasida akаdеmik litsеyimizda "Vatan himoyachilari kuni" va O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 28 yilligi munosabati bilan "O'zbegim o'g'lonlari" bellashuv tadbiri tashkil etildi. Tadbirni akademik litsey direktori B.Adizov ochib berdi. Tadbirda 1-bosqich yigitlari 6 ta shart asosida o'zaro bellashdilar. Shu bilan bir qatorda tadbirda o'quvchilar tomonidan jismoniy-harbiy sahna ko'rinishlari, badiiy chiqishlar hamda jangavor tayyorgarlik mashqlari ko'rinishlari, saf qo'shiqlaridan namunalar ko'rsatildi.Tadbir so'ngida ishtirokchilar har xil nominatsiyalar bo'yicha taqdirlandilar.




Аkаdеmik litsеyda “Mеn аlbаttа hаrbiy bo’lаmаn!” tаnlоvi o’tkаzildi.
Joriy yilning 8 yanvar sanasida akаdеmik litsеyimizda O’zbеkistоn Rеspublikаsi Оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi huzuridаgi “Mа’nаviyat vа mа’rifаt” mаrkаzining 01-07/9-sоnli хаti ijrоsi yuzаsidаn hаmdа O’zbеkistоn Rеspublikаsi Qurоlli kuchlаri tаshkil etilgаnligining 28 yilligi vа Vаtаn himоyachilаri kuni munоsаbаti bilаn I bоsqich o’spirin yoshlаri o’rtаsidа “Mеn аlbаttа hаrbiy bo’lаmаn!” tаnlоvi o’tkаzildi.Tаnlоvdа o’quvchilаr 6 tа shаrt bo’yichа bеllаshdilаr. Musobaqaga CHQBT rаhbаri А.Rаvshаnоv, jismоniy tаrbiya o’qituvchisi О. Ахmеdоv hаkаmlik qildilаr. Tanlov judа qiziqаrli vа ko’tаrinki ruhdа o’tdi. 1-o’rinni 103- guruh o’quvchisi А.Dаvrоnоv, 2-o’rinni 101-guruh o’quvchisi J.Qаlаndаrоv, 3-o’rin esа 103-guruh o’quvchisi B.Jаbbоrоv egаllаdilаr.



"Yangilanayotgan O'zbekistonda yangi pedagogik islohotlar" mavzusida seminar tashkil etildi.
Joriy yilning 27 dekabr sanasida akademik litseyimizda o'qituvchilar ishtirokida "Yangilanayotgan O'zbekistonda yangi pedagogik islohotlar" mavzusida seminar tashkil etildi. Seminarni o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari D.Rustamov ochib berdi. Seminarda informatika va AT fani o'qituvchisi D.Aliqulova, ingliz tili fani o'qituvchilari Sh.Temirxodjayeva, G.Raximova, U.Pirnafasova, rus tili va adabiyoti fani o'qituvchisi M.Musayeva, ona tili va adabiyoti fani o'qituvchisi N.Matkarimovalar kerakli va qiziqarli mavzularda taqdimot qilishdilar.



"Konstitutsiya-baxtimiz qomusi" deb nomlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
2019 yil 7 dekabr sanasida akademik litseyning faollar zalida O‘zbekiston Konstitutsiyasining 27 yilligiga bag‘ishlab "Konstitutsiya-baxtimiz qomusi" deb nomlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda 1 bosqich o‘quvchilari 3 ta shart bo‘yicha bellashdilar. 1-o‘rinni 103-guruh o‘quvchilari egallashdi. 2-o‘rinni 101-guruh, 102-guruh, 104-guruhlar, 3-o‘rinni 107-guruh o‘quvchilari egalladilar.






"On-layn-kutubxona" va "English books library" kutubxonasi ochilish marosimi bo'lib o'tdi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 4-tashabbus - "Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o'rtasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish" bo'yicha akademik litseyimizda milliy "On-layn-kutubxona" va "English books library" kutubxonasi ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Ochilish marosimini akademik litseyimiz direktori B.Adizov ochib berib, kitob - hayotiy maktab, ma'naviyat manbai ekanligi, kitobga do'st bo'lish, kitob o'qishni kanda qilmaslik kerakligi haqida gapirib o'tdilar. Bu kutubxonalarni tashkil etishda Aniq va tabiiy fanlar hamda Xorijiy tillar kafedralari o'qituvchilari o'zlarining munosib hissalarini qo'shdilar.



"Davlat bayrog'i - mening bayrog'im" nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.
Joriy yilning 18-noyabr sanasida akademik litseyimiz faollar zalida O'zbekiston Respublikasining davlat bayrog'i qabul qilinganining 28 yilligi munosabati bilan "Davlat bayrog'i - mening bayrog'im" nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi. Tadbirda o'quvchilar tomonidan Vatanimiz bayrog'ini madh etuvchi she'rlar, ajoyib raqslar, kuy-qo'shiqlar ijro etildi va barchaga manzur bo'ldi. Tadbir so'ngida turli nominatsiya g'oliblari faxriy yorliqlar va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.





Koreya Respublikasining Kyungdong universiteti bilan ilmiy hamkorlik.
Joriy yilning 6-noyabr sanasida Koreya Respublikasining Kyungdong universiteti ilmiy hamkorlik markazi rahbari Jurayev Sirojiddin Salomovich, Hallym universitetidan Kvon Yunxi va Hanseo Lee lar tashrif buyurishib, o'quvchilarga o'z universitetlari, yo'nalishlari, ta'lim sifati va yutuqlari to'g'risida taqdimot qilib yoritib berishdi. O'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishib, atroflicha javob olishdi. Uchrashuv qizg'in bahs-munozaralar, savol-javoblar asosida o'tdi va o'quvchilarda katta taassurot qoldirdi.




Akademik litseyida “Kompyuter lingvistikasining bugungi kundagi ahamiyati” mavzusida seminar bo’lib o’tdi. .
Joriy yilning 5-noyabr sanasida ToshDO‘TAU akademik litseyi faollar zalida Aniq va tabiiy fanlar kafedrasi mudiri, informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchisi D.E.Aliqulova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha “3-tashabbus – aholi va yoshlarning kompyuter texnologiyalari hamda internetdan foydalanish ko‘nikmalarini oshirish” asosida ToshDO‘TAU o‘qituvchilari bilan birgalikda “Kompyuter lingvistikasining bugungi kundagi ahamiyati” mavzusida seminar va barcha o‘qituvchilarga mahorat darslari tashkil etildi. Seminarda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Axborot texnologiyalar kafedrasi dotsenti, filologiya bo‘yicha falsafa doktori Abduraxmonova Nilufar va shu universitet talabasi Xayrullayeva Gulshoda ishtirok etib, o’quvchilarga o’zbek tilining xalqaro maqomini oshirishda kompyuter lingvistikasining bugungi kundagi ahamiyati haqida ma’lumot berishdi. O’quvchilar kelajakda ushbu sohada olib boriladigan ilmiy loyihalarga qiziqish bildirdilar. O’qituvchilar uchun o’tkazilgan mahorat darslarida ta’lim sohasi va til texnologiyasida qo’llanilib kelinayotgan turli metodlar, dunyo tajribalari haqida tushunchalar berildi.

Akademik litseyida “Ilmiy-adabiy izlanishlar sari qadam” mavzusida anjuman bo’lib o’tdi. .
Joriy yilning 1-noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti akademik litseyida “Ilmiy-adabiy izlanishlar sari qadam” mavzusida anjuman bo’lib o’tdi. Bu anjumanda yozuvchilar uyushmasi raisining yoshlar bilan ishlash bo’yicha rais o’rinbosari Nodir Jonuzoq, “Yoshlik” jurnali muharrir o’rinbosari Nurilla Chori, “Yoshlik” jurnali mas’ul kotibi Husan Maqsud va universitet o’qituvchilari ishtirok etishdi. Anjumanda Nodir Jonuzoq so’zga chiqib, ijod olami sir-sinoatlari, bu yo’lning mashaqqatlari va ustoz ijodkorlar oldidagi mas’uliyat hamda bugungi kunda yoshlarga yaratilgan keng imkoniyatlar haqida nutq so’zladi. “Yoshlik” jurnali muharrir o’rinbosari Nurilla Chori ham so’zga chiqib, o’quvchilarni adabiyotga qadam qo’yayotganliklari bilan tabriklab, ularning ijodiy ishlari saralanib, qayta tahrir qilinib jurnalda chop etilishiga imkoniyat yaratib berishni aytib o’tdi. So’ngra akademik litsey direktori B.Q.Adizov so’zga chiqib, ilmiy anjumanlar Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida deyarli har oyda xalqaro miqyosda o’tkazilishi, akademik litsey o’quvchilari ham kelajakda mana shunday anjumanlarda qatnasha olishi, universitet hamda Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda o’tkaziladigan bunday tadbirlar o’quvchilarning ma’naviy-ma’rifiy shakllanishida katta ahamiyatga ega ekanligi, bugungi anjuman shu borada kichkina bir debocha bo’lganligini ta’kidlab o’tdi. Tadbir so’ngida o‘zlarining she’r, hikoya, maqola va ijodiy insholari bilan ishtirok etgan o‘quvchilar yozuvchilar uyushmasi sovg’alari va sertifikatlari bilan taqdirlanishdi.


Akademik litseyimizda "Til -millat qalbi" mavzusida ma'naviy-madaniy tadbir o'tkazildi.
Akademik litseyimizda 21-oktabr O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligi munosabati bilan "Til -millat qalbi" mavzusida ma'naviy-madaniy tadbir o'tkazildi. Tadbirni akademik litsey direktori B.Adizov ochib berib, o'zbek tilining shakllanishiga hissa qo'shgan atoqli olimlar, shoir va yozuvchilarning sermahzul mehnatlari, ona tilimizning rivojlanishiga davlatimiz tomonidan berilayotgan e'tibor haqida gapirib o'tdilar. Tadbirga o'quvchilarimiz tomonidan tayyorlangan ajoyib kuy-qo'shiqlar, qardosh xalq raqslari, she'rlar, bahru-baytlar o'zgacha zavq bag'ishladi.




"O‘zbekiston - millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik yurti" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
10-oktabr kuni Akademik litseyimizda "O‘zbekiston - millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik yurti" mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida Said Vaqqos ota jome masjidi imom xatibi Ubaydullaev Foziljon qori ishtirok etdi. Tadbirda o‘quvchilarga bugungi kunda yoshlar orasida ko‘p uchrayotgan o‘z joniga qasd qilish holatlari haqida gapirib, uning og‘ir gunoh ekanligi, muqaddas dinimizda qoralanishi misollar va hadislar yordamida aytib o‘tildi. Shuningdek, o‘quvchi-yoshlarni yot diniy oqimlar, g‘oyalarga ergashish va uning salbiy oqibatlari diniy hamda dunyoviy misollar asosida tushuntirildi, Qur’oni karim va muborak hadislardan ma’ruza qilindi. Tadbir davomida o‘quvchilarni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.


"Aziz ustozlarga mangu ehtirom" deb nomlangan adabiy-badiiy kecha o'tkazildi.
Akademik litseyimizda 1-oktabr Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan "Aziz ustozlarga mangu ehtirom" deb nomlangan adabiy-badiiy kecha o'tkazildi. Tadbirni litseyimiz direktori B.Adizov ochib berdi va barcha ustozlarni bayram bilan muborakbod etib, yurtimiz kelajagi bo'lgan yoshlarga bilim berishdek mashaqqatli mehnatlarida omadlar, zafarlar tiladi. Bayram o'quvchilarning sermazmun she'rlari, jozibador raqslari, kuy-qo'shiqlari bilan fayzli o'tdi.





"Eng yaxshi insho" tanlovida 101-guruh o‘quvchisi Nazakatxon Zaripboeva ishtirok etdi.
Ona tabiatni, xususan, ozon qatlamini himoya qilish to‘g‘risida aholi xabardorligini oshirish, uning himoyasi hamda iqlim o‘zgarishi haqida batafsil ma’lumot berish, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini unumli tashkillashtirish va rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) hamda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan 16 sentabr — Xalqaro ozon qatlamini himoya qilish kuniga bag‘ishlangan “Ozon qatlami va Men” mavzuida ijodiy ishlar tanlovi o‘tkazildi. Tanlov “Eng yaxshi maqola”, “Eng yaxshi insho”, “Eng yaxshi elektron plakat”, “Eng yaxshi rasm” nominatsiyalari bo‘yicha uyushtirildi. Mana shu nominatsiyada "Eng yaxshi insho" tanlovida qatnashgan 150 nafar ishtirokchining orasidan akademik litseyimizning 101-guruh o‘quvchisi Nazakatxon Zaripboeva 2-o‘rinni egalladi. Diplom va qimmatbaho sovg‘a bilan taqdirlandi.



O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 28 yilligi va bilimlar kuniga bag'ishlab "Jonajon O'zbekistonim, mangu bo'l omon" shiori ostida tadbir tashkil etildi.
Akademik litseyimiz jamoasi yangi 2019-2020 o'quv yilini ko'tarinki ruhda kutib olishdi. Litseyimizga qabul qilingan 1-bosqich o'quvchilari tomonidan O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 28 yilligi va bilimlar kuniga bag'ishlab "Jonajon O'zbekistonim, mangu bo'l omon" shiori ostida tadbir tashkil etildi. Tadbirni akademik litsey direktori B.Q.Adizov ochib berdi. Litseyimizga tashrif buyurgan mehmonlar, ota-onalar, o'quvchilar va barcha o'qituvchilar jamoasini bayram bilan muborakbod etib, yangi o'quv yilida o'qituvchilarga shijoat va matonat bilan ishlashi, o'quvchilarga esa tinimsiz bilim olib yetuk kadrlar bo'lib yetishishlarida ulkan muvaffaqiyatlar va omadlar tiladilar. O'quvchilar tomonidan ijro etilgan qo'shiq va raqslar, ijodkor o'quvchilarimiz tomonidan aytilgan she'rlar barchaga manzur bo'ldi.

    Joriy yilning 26-iyun kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti faollar zalida shu universitet akademik litseyi bitiruvchilarining so’nggi qo’ng’iroq tadbiri bo’lib o’tdi. Tadbirni universitet o’quv-metodika bo’lim boshlig’i R.Yarqulov ochib berdi. So’ngra akademik litsey direktori B.Q.Adizov imtiyozli diplom bilan bitirgan o’quvchilarni hamda ma’naviy –ma’rifiy tadbirlarda va jamoat ishlarida faol ishtirok etgan, shuningdek IELTS dasturi bo'yicha 7.5 ball olgan bitiruvchilarni faxriy yorliqlar bilan tabrikladi. Shundan keyin bitiruvchilar 3 yil davomida ularga fidoiylik bilan bilim bergan aziz ustozlariga o’z dil izhorlarini bayon etishdi. Tadbir kuy, qo’shiq va raqslarga ulanib, barchaga yuqori kayfiyat bag’ishladi. Kecha so’nggida bitiruvchilar o’z vatani va xalqi oldidagi burchlarini hech qachon unutmasliklarini ta’kidlab, ustozlari ishonchini oqlashga va’da berishdi.





XITOYLIK O'QITUVCHINING AKADEMIK LITSEYGA TASHRIFI.

Bugungi kunda Xitoyda ta’lim olish nufuzli va bir muncha foydali hisoblanadi. Sababi, Xitoy so’nggi yillarda ta’lim va iqtisodiy jihatdan dunyoning eng rivojlangan davlatlari qatoriga kirib ulgurdi. Hozirgi kunda xitoy tiliga bo’lgan talab tobora kuchayib bormoqda. Akademik litseyimizda xitoy tili asosiy til sifatida o’qitila boshlangandan so’ng, o’quvchilar qiziqish bilan bu tilni o’qishmoqda. Joriy yilning 27-may sanasida xitoy tili o’qituvchisi Da Zhen Xin litseyimizga tashrif buyurdi. Bu tashrifdan asosiy maqsad o’quvchilar bilan fikr almashish va ularning uch yil davomida olgan bilimlarini tekshirish edi. Dars jarayonida o’quvchilarga juda ham qiziq bo’lgan “Xitoy ierogliflarini shakllanishi” mavzusida amaliy dars mashg’ulotini o’tkazdi. Talabalar dars mashg’ulotida juda faol va berilgan ma’lumotlarni qiziqish bilan tinglashdi va o’zlarini qiziqtirayotgan savollarga javob olishdi. Dars so’ngida xitoylik mehmonimiz akademik litsey haqida taassurotlari bilan o’rtoqlashdi: “Litseyda o’quvchilarning xitoy tili darajasi kutganimdan ham yaxshi ekan, kelgusida albatta hamkorlik aloqalarini yaxshilashga harakat qilamiz, litseyga grandlar berilishini ham rivojlantiramiz” deb aytib o’tdi. O’quvchilar ham dars mashg’ulotidan juda mamnun bo’lib, yana shunga o’xshash uchrashuvlar bo’lishini so’rab qolishdi. Albatta, kelgusi yillarda bunday uchrashuvlarni ya’nada ko’proq bo’lishini va o’quvchilarning o’z kasblarining yetuk mutaxassisi bo’lib yetishishi uchun akademik litsey rahbariyati va o’qituvchilari qo’lidan kelgancha harakat qilmoqda.



9-may "Xotira va qadrlash" kuniga bag'ishlab, "Inson aziz - xotira muqaddas" nomli adabiy-badiiy kecha tashkil etildi.

2019 yil 8-may kuni Akademik litseyimizda 9-may "Xotira va qadrlash" kuniga bag'ishlab, "Inson aziz - xotira muqaddas" nomli adabiy-badiiy kecha tashkil etildi. Kechada Ulug' Vatan urushi qatnashchisi Batanin Gennadiy Vasilyevich, front orti qatnashchilari Batanin Tatyana Pavlovna, Goncher Anna Zinovyevna, Afg'on urushi qatnashchilari Murtazayev Baxtiyor Musurmonovich, Safarov Faxriddin Normurodovich, Xoliyarov Kamol Eminovich, To'qimachi mahalasi maslahatchisi V. Mirakbarovalar qatnashishdi. Bu tadbir o'quvchi yoshlar ongida xotira va qadrlash kunining ahamiyatini singdirish, Vatanimiz mustaqilligi uchun jonini, kuch-quvvatini ayamagan har bir faxriyga hurmat-ehtirom ko'rsatish maqsadida tashkil etildi. O'quvchilar tomonidan chiroyli kuy-qo'shiqlar, mazmunga boy she'riy satrlar ijro etilib, kechaga ko'tarinki kayfiyat bag'ishladi.



Shoir, yozuvchi va adabiyotshunoslar bilan uchrashuv.

2019 yil 2-may kuni Akademik litseyimizda yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo'yicha 5 ta muhim tashabbusning 1-tashabbus ijrosi yuzasidan shoir, yozuvchi, adabiyotshunos Ulug'bek Hamdam va J.Xushvaqtovlar bilan ma'daniy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi. Unda o'quvchilar yozuvchi ijodidan bahramand bo'lgan holda qizg'in suhbat olib borishdi, O'quvchilar ijodkorning asarlari yuzasidan o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Tadbir so'ngida shoir ijodidan namunalar yodga olindi.



Ijod makatablari bilan hamkorlik.

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori tashabbusi bilan joriy yilning 13-aprel sanasida ushbu ijod makatablarining iqtidorli o‘quvchilarini akademik litseyimizga jalb etish va kelgusida ularni universitetga yo‘naltirish asosida yetuk mutaxassislar tayyorlash maqsadida akademik litseyimiz direktori B.Adizov o‘qituvchilar bilan birgalikda Jizzax shahridagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi maktab-internatga tashrif buyurishdilar. Tashrif chog‘ida o‘quvchilar bilan suhbat tashkil etildi, ularning ta’lim olishlari, yashash sharoitlari bilan tanishishdilar. Shu bilan birga, akademik litseyimizdagi tayyorlov yo‘nalishlari, ta’lim samaradorligini ta’minlash maqsadida har bir dars yangi pedagogik texnologiyalar va interfaol usullardan keng foydalanilgan holda tajribali pedagoglar tomonidan olib borilishi hamda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha tayyorlangan taqdimot namoyish etildi. Akademik litseyda o‘qish imkoniyatlari, universitet bilan olib borilayotgan xorijiy universitetlarning hamkorda yo‘lga qo‘yilayotgan ta’lim tizimlari haqida fikrlar aytildi va o‘quvchilarni akademik litseyimizga tashrif buyurib, ta’lim berish sharoitlari bilan tanishish, akademik litseyimizda o‘qish orqali universitetimiz talabasi bo‘lish imkoniyatini qo‘lga kiritish taklif qilindi. Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi maktab-internat va akademik litsey birgalikda o‘zaro hamkorlik olib borish, tajriba almashish bo‘yicha shartnoma imzoladilar.



Ijod makatablari bilan hamkorlik.

Akademik litsey o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari D.Rustamov boshchiligidagi ishchi guruh a’zolari joriy yilning 12-aprel kuni Andijon viloyatida Muhammad Yusuf, Farg‘ona shahridagi Erkin Vohidov nomli ijtimoiy fanlar yo‘nalishidagi iqtidorli yoshlar maktab-internatiga tashrif buyurishdilar. Ijod maktabi faoliyati va ularga davlatimiz tomonidan yaratib berilgan sharoitlar bilan tanishdilar. Ishchi guruhimiz ijod makatabi o‘quvchilariga akademik litseyimizda zamonaviy ta’lim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlar, ta’lim berish sifati, olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar haqida so‘zlab berdilar. Maktab-internat bilan o‘zaro hamkorlik shartnomasini imzolab, eng iqtidorli o‘quvchilarni akademik litseyimizga o‘qishga jalb qilish, kelgusida ularni universitetimiz talabasi bo‘lishlariga targ‘ib qilindi.




Olimpiada g'oliblari.

Akademik litseyi 3-bosqich 304-guruh òquvchisi Muxlisa Begimqulova shahar olimpiadasida ona tili va adabiyot fanidan 93 ball bilan FAXRLI 1-ÒRINNI, 2-bosqich 203-guruh òquvchisi Oyista Ismoilova shahar olimpiadasida ingliz tili fanidan FAXRLI 3-ÒRINNI, 1-bosqich 104-guruh òquvchisi Boymurodova Dilbar shahar olimpiadasida ona tili va adabiyot fanidan 90,4 ball bilan FAXRLI 1-ÒRINNI egalladi! O'quvchilarimizni egallagan faxrli yutuqlari bilan muborakbod etamiz. Bu yutuqlar zamirida litsey òquvchilarining iqtidori, bilim cho'qqilarini egallash uchun tinimsiz izlanib bilimini oshirishi, ular bilan ishlash tòģri yòlga qòyilganligi hamda òqituvchilarning mashaqqatli mehnati yotganligini ko'rishimiz mumkin. Ona tili va adabiyoti fani o'qituvchilari Dilnoza Qosimova va Vasila Ismoilovani, ingliz tili fani o'qituvchisi Umida Karimovani o'quvchilarining yutuqlari bilan tabriklab qolamiz!!!.


    Joriy yilning 19-mart sanasida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida o'tkazilgan yig'ilishda yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitobxonlikni targ'ib qilish, yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish maqsadida "Rahbardan 10 ta kitob" tashabbusi bilan chiqdilar. Akademik litseyimiz direktori B.Adizov ham bu tashabbusni qo'llab-quvvatlab, o'zining shaxsiy kutubxonasidan ma'naviy-ma'rifiy mazmunga boy kitoblar to'plamini litsey kutubxonasiga taqdim qildi.



    Akademik litseyimiz faoliyati Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti ishchi guruhi tomonidan o‘rganildi, universitet hamda litsey jamoasining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni universitet rektori Shuhrat Sirojiddinov olib bordi va akademik litsey faoliyatini yanada takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchi yoshlar orasida sog‘lom ma’naviy muhit yaratish, xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, mamlakatimizda Prezidentimiz Qarori bilan tashkil etilgan ijod maktablarining eng iqtidorli o‘quvchilarini ToshDO‘TAU akademik litseyiga jalb etish va kelgusida ularni universitetga yo‘naltirish orqali yetuk mutaxassislar tayyorlay olish haqida o'z takliflarini bildirdi.



    Аkademik litseyida Navro'z umumxalq bayrami munosabati bilan "Qadriyatlarimizni qadrlaymiz" loyihasi doirasida qadriyat, urf odat an'ana doirasida tadbir tashkil etildi. Guruhlar viloyatlar va qo'shni mamlakatlar urf odatlarini ko'rsatib berishdi. G'oliblar va ishtirokchilar diplom va maqtov yorliqlari bilan taqdirlandilar.


    Akademik litseyi o'quvchilari yashil tashabbus shiori ostida o'tkazilgan hasharda faol ishtirok etdi.



Akademik litseyimizda 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan "Muqaddas ayol!" mavzuida madaniy - ma'rifiy tadbir o'tkazildi.

Akademik litseyimizda bahorning ilk bayrami 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan "Muqaddas ayol!" mavzuida madaniy - ma'rifiy tadbir o'tkazildi. Tadbirni akademik litseyimiz direktori B.Adizov ochib berdi va barcha ayol pedagoglar va o'quvchi-qizlarimizni bayram bilan muborakbod etdilar.




Akademik litseyida 8-mart Xalqaro xotin - qizlar bayrami munosabati bilan ayol o'qituvchilar o'rtasida voleybol musobaqasi bo'lib o'tdi.

Akademik litseyida bahorning ilk kunida 8-mart Xalqaro xotin- qizlar bayrami munosabati bilan ayol o'qituvchilar o'rtasida voleybol musobaqasi bo'lib o'tdi. Musobaqada "Sport malikalari" jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritdi.




Akademik litseyida "Yashash uchun 100 ta sabab" aksiyasi o'tkazildi.

Akademik litseyida bahorning ilk kunida o'quvchi-yoshlarda hayotga bo'lgan muhabbat, unga bo'lgan qiziqishni, yoshlikning qadriga yetish, har bir tinch va osuda kun uchun shukronalikni his qilish, o'z oldiga qat'iy va to'g'ri maqsad qo'ya bilish maqsadida "Yashash uchun 100 ta sabab" aksiyasi o'tkazildi. Aksiyada o'quvchi-yoshlar faol ishtirok etishdi. Akademik litseyimizda "Yashash uchun 100 ta sabab" aksiyasi doirasida o'quvchi yoshlarga hayotga muhabbat, vaqtning qadriga yetish, ajdodlarga mos avlodlar bo'lish, yaxwi nom qoldirish, tinch osuda kunlarga shukronalik hissini uyg'otish, yoshlar uchun yarayilayotgan imkoniyatlardan to'g'ri foydalanish va vatanimiz ravnaqi yo'lida sidqidildan xizmat qilish g'oyalari tarannum etildi hamda o'quvchilar munosib yashash uchun ko'plab sabablar keltirishdi.


Akademik litseyida bahor kuychisi Zulfiyaxonim tavallud kuni munosabati bilan "Zulfiya - tong kuychisi" mavzusida tadbir o’tkazildi.

Akademik litseyida bahor kuychisi Zulfiyaxonim tavallud kuni munosabati bilan "Zulfiya - tong kuychisi" mavzusida tadbir tashkil etildi, unda Zulfiyaxonimning hayoti va ijodi haqida teran fikrlar bildirildi, u haqida film namoyish etildi. Tadbir 80 nafar o'quvchi-qizlarni qamrab oldi.




Akademik litseyida yoshlar ittifoqi litsey yetakchilari hamda guruh sardorlari yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Akademik litseyida yoshlar ittifoqi litsey yetakchilari hamda guruh sardorlari yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, guruhlardagi yetakchilar faoliyatini o'rganish, umumxalq bayramimiz Navro'z ayyomiga tayyorgarlik ko'rish masalalari ko'rib chiqildi. Yig'ilishni akademik litsey yoshlar ittifoqi bosh yetakchisi hamda ijtimoiy himoya yo'nalishi yetakchisi olib bordi.




Akademik litseyida bahorning ilk kunida yoshlar ittifoqi faol a'zolari tomonidan o'qituvchi va o'quvchilar o'rtasida so'rovnoma o'tkazildi

Akademik litseyida bahorning ilk kunida yoshlar ittifoqi faol a'zolari tomonidan o'qituvchi va o'quvchilar o'rtasida so'rovnoma o'tkazildi. Unda "Ayollarga 8-martda nima eng ko'p sovg'a qilinadi?", "Oxirgi marta onangizga qachon sovga bergansiz?" kabi savollar bilan murojaat qilindi.




Akademik litseyida o'quvchi-yoshlardagi muammo va takliflarini o'rganish maqsadida ochiq muloqotlar.

Akademik litseyida o'quvchi-yoshlardagi muammo va takliflarini o'rganish maqsadida ochiq muloqotlar oyligiga start berildi. Ochiq muloqotlarni akademik litsey direktori B.Q.Adizov, O'IBDO' D.A.Rustamov, MMIBDO' F.S.Matkarimova,YIBTY N.X.Xamrayevalar olib bordi. Muloqot natijasida o'quvchilarning takliflari va muammolar tinglanib, ular ijrosini ta'minlash uchun topshiriqlar berildi.



Muhammad Bobur tavalludining 536 yilligi munosabati bilan akademik litsey o‘quvchilari Yakkasaroy tumanida joylashgan umumta’lim maktablariga Hazrati Zahiriddin Muhammad Bobur va Xonzodabegim qiyofalarida tashrif buyurishdi.
Joriy yilning 13-14 fevral kunlari Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti akademik litseyi ma'muriyati tashabbusi asosida buyuk bobokalonimiz Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 536 yilligi munosabati bilan akademik litsey o‘quvchilari Yakkasaroy tumanida joylashgan umumta’lim maktablariga Hazrati Zahiriddin Muhammad Bobur va Xonzodabegim qiyofalarida tashrif buyurishdi. Maktab o‘quvchilari ularni hayrat va xursandchilik bilan qarshi olishdi hamda Hazrati Bobur ruboiy va g‘azallaridan yod aytib berishdi. O‘z ijodidan namunalarni tinglab, suyungan hazrati Bobur zukko va bilimdon o‘quvchilarga esdalik sovg‘alari ulashdi. Bu tadbir o‘quvchi-yoshlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga, buyuk ajdodlarimizga hurmat va ehtirom tuyg‘ularini yanada oshirishga, ular qoldirgan madaniy merosga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi. Odatda bolajonlarni xursand qiladigan Qorboboning tashrifi ular ulg‘aygach ham ularga zavq va shavq bag‘ishlaydi. Akademik litsey o‘quvchilarining hazrati Bobur va Xonzodabegim qiyofasidagi maktablarga tashrifi yoshlarimizda ajdodlarimizga bo‘lgan faxr-iftixor tuyg‘usini yanada oshiradi va kelajakda ma’naviyati yetuk vatanparvar, mard, jasur, komil insonlar bo‘lib yetishishiga o‘z hissasini qo‘shadi, deb o‘ylaymiz.


Zahiriddin Muhammad Boburning 536 yilligiga bag'ishlab "Ajdodlar merosi bebaho xazina" deb nomlangan tadbir o'tkazildi.
2019 yil 14-fevral kuni Akademik litseyimizda ona tili va adabiyoti o'qituvchisi Nargiza Keldiyeva tomonidan o'zbek xalqining buyuk farzandi, bobokalonimiz Zahiriddin Muhammad Boburning 536 yilligiga bag'ishlab "Ajdodlar merosi bebaho xazina" deb nomlangan tadbir o'tkazildi. Tadbirni ochib berish uchun so`z litsey direktori B.Q. Adizovga berildi. Tadbir ochib berilgach, davraga Bobur siymosi tashrif buyurdi, zaldagi o`quvchilarga o`z boshidan kechirganlarini she`riy tarzda ifodalagach, boshlovchilar Bobur g`azallari asosida yaratilgan qo`shiqqa navbat berishdi. Qo`shiqni Madaniyat institudan tashrif buyurgan talabalar ijro etdilar. Qo`shiqdan so`ng Bobur ijodiga mansub ruboiylar litsey o`quvchilari tomonidan ijro etildi. Jozibali raqs ijrosi tomoshabinlar qalbidan joy egalladi. “Yulduzli tunlar” romani asosida tayyorlangan sahna ko`rinishi tadbirga fayz bag`ishladi. O`quvchi-qizlar ijrosidagi Bobur g`azallari tinglovchilarga manzur bo`ldi. Muhammad Yusuf qalamiga mansub “Hirotda Navoiy Kobulda Bobur” she`ri o`quvchilar tomonidan ijro eildi. Bobur g`azali bilan aytiluvchi Soqinomayi savti kalon maqomining kuylanishi davraga o`zgacha shukuh bag`ishladi. Tadbirni o`quvchi-qizlar ijrosidagi raqs yakunlab berdi. Tadbir “Madaniyat va ma`rifat” telekanali xodimlari tomonidan tasvirga tushirildi.


Alisher Navoiyning 578 yilligiga bag'ishlab "El netib topgay menikim" deb nomlangan tadbir o'tkazildi.
2019 yil 9-fevral kuni Akademik litseyimizda ona tili va adabiyoti o'qituvchisi Dilnoza Qosimova tomonidan o'zbek xalqining buyuk farzandi, bobokalonimiz Alisher Navoiyning 578 yilligiga bag'ishlab "El netib topgay menikim" deb nomlangan tadbir o'tkazildi. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti universitetidan tashrif buyurgan mehmonlar pedagogika fanlar doktori porofessor Roza Niyozmetova hamda filologiya fanlar nomzodi dotsent Matyoqubova Tozagulga so`z berildi. Mehmonlar o`z ma`ruzasida Navoiy hayoti va ijodi hamda asarlaridsagi komil inson g`oyasining ulug`lanishi, adib merosining kelajak avlod ma`naviyatini kamol toptirishdagi ahamiyatiga to`xtalib o`tishdi. Tadbir ishtirokchilari tomonidan buyuk mutafakkir allomaning hayot yo`li , xalq turmush darajasini oshirishga, turkiy til mavqeyini rivojlantirishga qo`shgan hissasi, davlat va xaql manfaatini himoya qilishga borasida amalga oshirgan ezgu ishlariga oid turli sahna ko`rinishlari namoyon etildi. Tadbir yakunida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti universiteti akademik litseyi direktori Adizov Bekjon Qo`chchiyevich so`zga chiqdi va Alisher Navoiy hayoti va ijodiga oid qi`ziqarli ma`lumotlar berdi, tinglovchilarni adib ijodiy merosini mukammal o`rganishga da`vat etdi. Shuningdek, tadbir yuqori saviyada tashkil etilgani va tomashabinlarga manzur bo`lganini ta`kidlab, tashkilotchi va ishtirokchilarga minnatdorchilik bildirdi.


Akademik litseyimizda Rakat masjidi imom hatibi Asrorov Kozimjon ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tdi.
2019 yil 6-fevral kuni Akademik litseyimizda Rakat masjidi imom hatibi Asrorov Kozimjon ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tdi. Suhbatda ilm olish, hayot yo'lining rejasini tuzib olish, o'z oldiga maqsad qo'yib shu maqsad yo'lida olg'a intilish, har qanday chalg'ituvchi narsalardan uzoqda turish, buyuk ajdodiga mos avlod bo'lish, ustozlarni hurmat qilish haqida nasihatlar berib o'tildi.




Akademik litseyimizda 14-yanvar Vatan himoyachilari kuniga bag’ishlab O’zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi instituti talabalari ishtirokida tadbir o’tkazildi.
2019 yil 14-yanvar kuni Akademik litseyimizda 14-yanvar Vatan himoyachilari kuniga bag’ishlab O’zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi instituti talabalari ishtirokida tadbir o’tkazildi. Milliy gvardiya instituti talabalari o’zlarining jangovar san'atlarini o'quvchilarga namoyish etishdi. Milliy gvardiya orkestri ijro etgan kuylar tadbirga yanada ko’tarinki ruh bag’ishladi. Ushbu tadbir o’quvchilar hayotida vatanparvarlik tuyg’usini yanada yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tadbirda akademik litseyimiz direktori Adizov Bekjon Qo’chchiyevich bayram bilan barcha jamoani va o'quvchilarni muborakbod etib, bir qator nominatsiyalarga munosib deb topilgan o'qituvchilarimizni diplom bilan taqdirladi.



Akademik litseyimizda "Zamonaviy pedagogik texnologiyalarga asoslangan ta'limni tashkil etish" mavzusida seminar-trening o'tkazildi.
2019 yil 4-yanvar kuni Akademik litseyimizda ToshDO'TAU Axborot va zamonaviy pedagogik texnologiyalar kafedrasi professor o'qituvchilari S.Muxamedova, M.Abdullayeva, O. Turaqulovalar ishtirokuda "Zamonaviy pedagogik texnologiyalarga asoslangan ta'limni tashkil etish" mavzusida seminar-trening o'tkazildi. Seminarda pedagogik texnologiyalarni ta'lim jarayoniga qo'llash, pedagogik texnologiyalarning axborot texnologiyalardan farqli jihatlari misollar asosida tushuntirildi. Seminar jarayonida qiziqarli treninglar, savol-javoblar, munozaralar tashkil etildi.



O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Akademik litseyimizda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 26 yilligiga bag‘ishlangan “Konstitutsiya baxtimiz poydevori” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda o‘quvchilar O‘zbekistonning tinchlikparvar, do‘stona aloqalarini namoyish qilish maqsadida har xil tillarda, jumladan ingliz, fransuz, rus, ukrain, arab, hind, yapon tillarida O‘zbekiston Konstitutsiyasiga bo‘lgan hurmatini izhor qilishdi va shu bilan birgalikda O‘zbekistonda 130 dan ortiq millat vakillarini qardosh, jondosh bo‘lib yashashlari, inoqlik munosabatlarini o‘quvchilarning har xil davlatlar qo‘shiq-raqslari ishtirokida ko‘rsatib berishdi. Tadbirda ToshDO‘TAU Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi o‘qituvchisi Orifjon Xabibullayev ishtirok etib, Konstitutsiyaning hozirgi kundagi ahamiyati, uning kelib chiqishi va barchaning o‘z qomusini bilishlari, undan huquqiy foydalanish va o‘z Vatanini sevib, ardoqlashi to‘g‘risida ma’ruza qildi. MMIBDO‘ F.S.Matkarimova o‘quvchilar shukronalik hissi bilan yashab vatan ravnaqiga o‘z hissasini qo’shish kabi tuyg’ularni shakllantirish maqsadida fikr-mulohazalar bildirdi.



1-dekabr OITSga qarshi kurashish kuni.
1-dekabr OITSga qarshi kurashish kuni munosabati bilan akademik litsey faollar zalida OIV/OITS infeksiyalari va uni oldini olish mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Toshkent viloyati OITSga qarshi kurash mutaxasisi N.Z.Baydullayev ishtirok etdi.







Universitet bilan hamkorlik
Joriy yilning 20-noyabr sanasida akademik litseyimizning o'qituvchilari OTM kafedralari bilan hamkorlikni tashkil etish maqsadida ToshDO'TAU ga tashrif buyurdilar. O'zbek filologiyasi fakulteti dekani, filologiya fanlari doktori B.B.Abdushukurov bilan fakultet yo'nalishlari, kafedralar ilmiy salohiyati, olib borilayotgan ishlar haqida suhbat olib borildi. "O'zbek tilshunoslik" kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori M.M.Qurbonova hamda "Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon" kafedrasi professor-o'qituvchilari bilan ilmiy va ijodiy jarayonlar haqida mazmunli davra suhbatlari uyushtirildi. "Axborot va zamonaviy pedagogik texnologiyalar" kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori S.X.Muhammedova bilan innovation hamkorlik shartnomasini tuzish, tajriba almashish, mahorat darslari, seminar-treninglar tashkil etish, audio yozuvlar, multimedia resurslarini yaratishda uslubiy yordam olish haqida kelishildi.