OCHIQ DARSLAR


    2018 yil 9-noyabr kuni akademik litseyning Ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi bosh o‘qituvchisi Toxtayeva D.E. “XX asrning ikkinchi yarmi va XXI asrning boshida Osiyo davlatlari Yaponiya va Xitoy”–mavzusida o‘tkazilgan
OCHIQ DARS


    Ochiq dars davomida o‘qituvchi Toxtayeva D.E. tomonidan akademik litsey 201 guruhi o‘quvchilari bilan birgalikda “XX asrning ikkinchi yarmi va XX1 asrning boshida Osiyo davlatlari Yaponiya va Xitoy” mavzusini o‘quvchilar tomonidan mustaqil ravishda tayyorlagan ma’lumotlari bilan ochib berishga harakat qildilar. O‘qituvchi tomonidan o‘quvchilar bergan ma’lumotlarni to‘ldirib borildi, ayrim holatda yangi ma’lumotlar qo‘shilib berildi. Ochiq dars davomida interfaol usullardan “Aqliy hujum, krosvord, aralash texnlogiyalardan kichik guruhlarda ishlash metodlaridan foydalanildi, o‘quvchilar o‘z ishlarini prezentatsiya qilib yoqlab chiqishdi, ularga yakka va guruh bo‘yicha baholar qo‘yildi. Ochiq dars davomida Xitoy va O'zbekiston xalqlari o'rtasidagi o'zaro hamdo'stlik aloqalarini ko'rsatish maqsadida, Xitoy xalq milliy raqsi Avrora ismli o'quvchi tomonidan ijro etildi. Ushbu ochiq darsda o‘quvchilar juda faol qatnashishdi. O‘qituvchi darsning vaqt me’yorlariga rioya qilishga harakat qildi.
















>