Norbekova Malika Shuhrat qizi



    Norbekova Malika Shuhrat qizi akademik litseyning 305-guruh o‘quvchisi.

U 2000 yil 23-iyunda Jizzax viloyati Jizzax shahrida ziyolilar oilasida kenja farzand bo‘lib dunyoga kelgan. 2009 yilda Toshkentga ko‘chib kelishadi va ta’limni shu yerdagi ixtisoslashtirilgan 195-umumta’limi maktabida davom ettiradi.

Maktab chog’larida “Zulfiyaxonim izdoshlari’’, “Orasta qizlar” klubi sardori sifatida ko‘plab tanlov va musobaqalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritadi. “Bilimlar bellashuvi” tanlovida ona tili va adabiyoti yo‘nalishi bo‘yicha maktab va tuman bosqichlarida faxrli o‘rinlarni egallagan. Ilk marotaba 9-10 yoshlarida she’r mashq qila boshlagan. She’rlarida ota-ona, yurt, oila, sof mehr va muhabbat haqida qaynoq tuyg’ular namoyon bo‘ladi. Shuningdek, kichik hikoyalar ham yozib mashq qiladi. Yigirmadan ortiq “Faxriy yorliq” lar sohibasi. Respublika miqyosida o‘tkazilgan “Jaholatga qarshi ma’rifat” insho ko‘rik tanlovida faxrli II o‘rin egasi.

Maqsadi: oily ma’lumotli, intelektual, diplomat jurnalist bo‘lib yetishish.

Shiori: Asl muvaffaqiyat yiqilganda ham tik tura olish va ruhni yetuklikka olib chiqish!