Avazova Charos Po'lat qizi



    Avazova Charos Po‘lat qizi akademik litseyning 2-bosqich 204-guruh o‘quvchisi.

U 2001 yil 1-yanvarda Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida tug‘ilgan. 2014 yil Toshkent viloyati Yozuvchilar uyushmasi viloyat kengashi tomonidan “Yoshlik bahorining boychechaklari” yoshlar antologiyasida hikoya va ertaklari nashr etilgan.

Shuningdek, Charos “Mustaqillik madhi bolalar ijodida” Respublika tanlovida 2-o‘rin, “Yurt kelajagi” iqtidorli yoshlar tanlovi Toshkent shahar bosqichi g‘olibi, “Yuksak ma`naviyatli avlod” tanlovida Toshkent viloyat bosqichi g‘olibi, Respublika yosh ijodkorlarining an’anaviy Zomin seminari ishtirokchisi, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti tanlovida Respublika bosqichi ishtirokchisi.

Ijod namunalari “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati”, “Jahon adabiyoti”, “Oila davrasida”, “Tong yulduzi” kabi gazeta va jurnallarda chop etilgan.